Investitsiya loyihalari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga o‘tilishi belgilandi
Faqat investitsiya olib kelib, loyihani ishga tushirish yetarli bo‘lmasligi, balki har bir loyiha to‘liq ishlashi, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratib, tashqi bozorga chiqishiga, ish o‘rinlarini to‘liq saqlab qolishiga ham e’tibor qaratiladi.
Buning uchun dasturga kirgan har bir loyihani ishga tushgandan keyin uch yil monitoring qiladigan «Yagona milliy loyiha boshqaruvi» platformasi yaratiladi.
O‘tgan yili texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish, uskuna olib kelish, moliyalash, infratuzilma, yer masalasi vaqtida hal bo‘lmagani uchun 55 ta yirik loyiha kechikkan.
Shu bois, bu yilgi investitsiya dasturi doirasida qiymati 165 milliard dollarlik 377 ta strategik loyiha alohida nazoratga olinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zA