Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya loyihalari: amaliyot va samara
18:23 / 2021-12-24

Toshkent viloyati joriy yilning yanvar-noyabr oylarida umumiy qiymati 4025,1 milliard so‘mga teng bo‘lgan 636 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi. 13 ming 334 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yil yakuniga qadar barcha dasturlar va qo‘shimcha loyihalar hisobiga jami 983 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 15,1 trillion so‘mlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Buning natijasida 24,8 ming nafardan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilayapti.

Nurafshon shahrining “Degantepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “ROSSA” korxonasi tibbiy laboratoriya anjomlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, sifatli tibbiy laboratoriya anjomlari va mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ushbu yo‘nalish bo‘yicha shug‘ullanish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga imkoniyat va imtiyozlar joriy etilayotgani hamda ko‘plab investitsiya loyihalarining ishga tushirilayotgani o‘z samarasini berayotir.

Nurafshon shahridagi loyihaning umumiy qiymati 4,5 million dollarni tashkil qiladi. Shundan 1 million dollar mablag‘ tadbirkorning o‘z mablag‘i, qolgani esa bank krediti hisoblanadi. bugungi kunda korxonada 28,6 ming PSR test ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida to‘liq quvvat ishga tushirilsa yiliga 120 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonaga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish maqsadida zarur jihozlar Yevropa, Xitoy va Rossiya davlatlaridan olib kelingan. Hozir bu yerda 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Hududda amalga oshirilayotgan bu kabi yangi loyihalar evaziga import qilinayotgan tibbiy uskunalar o‘rnini to‘ldirish, ichki bozorni arzon va yuqori sifatli jihozlar bilan ta’minlashga erishilmoqda.

Prezidentimizning 2020 yil 21 oktyabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq, hududlarda eksport salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, tayyor mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘shimcha moliyaviy va tashkiliy rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, Ohangaron shahrida yangi loyihalar asosida faoliyat olib borayotgan bir qator yirik korxonalar o‘z mahsulotini eksport qilish bo‘yicha yuqori o‘rinda. 

Hududdagi “East Mining Invest” MCHJ avtoklavli gazbeton bloklar ishlab chiqaradi. Bu turdagi qurilish materiallari uy-joy, savdo va sanoat qurilishida qo‘llaniladi. Ayni paytda bu yerda mahalliy aholi uchun 142 ta ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, yil davomida 500 ming kub gazobeton bloklari ishlab chiqaradi.

Korxona rahbari Dilshod Ahmedovning ta’kidlashicha, binolar Wehrhahn GmbH (Germaniya) kompaniyasining avtoklavlangan zamonaviy sanoat liniyalari bilan jihozlangan. Avtoklavli gaz blokidan barcha turdagi bino, mehmonxona, maktab, kasalxona, sport zallari va ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalaniladi.

A.Musayev,O‘zA.