Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya forumi qatnashchilari Samarqandda
18:14 / 2024-05-04

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan xorijlik mehmonlarning, nufuzli delegatsiyalari vakillari Samarqandda bo‘ldi.

Jumladan, bugun BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan hamda O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf qadimiy shahardagi tarixiy madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.

Mehmonlarga xalqimizning boy tarixi va madaniyati, ajdodlarimiznigg bunyodkorlik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri "SamAntepgilam" qo‘shma korxonasida ham bo‘lib,, bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari, korxona faoliyati bilan tanishdi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari