INVESTITSIYA: Buxoroda Turkiya korxonasi ish boshlaydi
Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov turkiyalik sarmoyador Salih Kadafiychi oʻgʻlini qabul qildi.
Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov turkiyalik sarmoyador Salih Kadafiychi oʻgʻlini qabul qildi.
Samimiy muloqot chogʻida viloyat rahbari hudud infratuzilmasini yaxshilash, turizm salohiyatini oshirishga hissa qoʻshishni niyat qilgan xorijlik investorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Turkiyalik sarmoyador tomonidan taklif etilgan loyihalar istiqboliga ishonch bildirdi. Ishlab chiqarish, zamonaviy mehmonxona, shourum va shu kabi loyihalar har jihatdan qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.
“GENKA KLIMA” — isitish vositalari, ventilyatsiya va havo konditsionerlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxona rahbari Salih Kadafiychi oʻgʻli Buxoroda dunyo ilgʻor savdo brendlari ostidagi elektron maishiy texnikalar namoyishi va savdosi uchun alohida “Showroom” ochishni niyat qilgan. Uning yana bir loyihasi tarixiy shaharda zamonaviy mehmonxona barpo etishdir.
Samimiy qabul uchun minnatdorligini izhor etgan Salih Kadafiychi oʻgʻli jarayonda xorij liniyasi amaliyoti uchun tijorat banklari kredit mablagʻiga ehtiyoji borligini ham maʼlum qildi. Bu borada ham qoʻllab-quvvatlanishidan mamnunligini bildirdi.