French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Invest in Tashkent Region” xalqaro forumi boshlandi
11:10 / 2019-10-25

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida xalqaro investitsion forumining tantanali ochilish marosimi boshlandi.


Toshkent viloyati Nurafshon shahrida xalqaro investitsion forumining tantanali ochilish marosimi boshlandi.

“Invest in Tashkent Region” xalqaro forumi viloyatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, investitsiya jozibadorligini oshirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur forumda 50 dan ortiq davlatdan xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etmoqda.

Ikki kun – 25-26 oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro forum birinchi kunning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z ishini Bo‘stonliq tumanidagi “Layner” va “Tibet” dam olish maskanlarida davom ettiradi.

Forumda Yevropa ittifoqi, OESD (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti - rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy tashkiloti), Osiyo-Tinch okeani, MDH va yaqin sharq investorlari bilan qator shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

photo5300765280454159256.jpg

photo5303228800680700728.jpg

photo5300765280454159257.jpg

photo5300970932078226420.jpg

photo5303228800680700727.jpg