Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intizomli soliq to‘lovchilar safi kengaymoqda
15:12 / 2022-02-28

bugungi kunda xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1 foiz keshbekka ega bo‘lish imkoniyati iste’molchilar orasida tobora ommalashmoqda. Xususan, mazkur tizim amaliyotga joriy etilganidan so‘ng Toshkent viloyatida keshbek olish uchun 40 ming 245 ta QR-kodli chek ro‘yxatga olindi. Jami keshbek bo‘yicha to‘plangan mablag‘ 923 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Soliq” mobil ilovasida 473 dan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati soliq organi xodimlari tomonidan xaridorlarga chek yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilgani yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida “Soliq hamkor” dasturi orqali soliq organlariga xabar bergan jismoniy shaxslarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanishi to‘g‘risida tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirishlar berilmoqda.  


A.Musayev,O‘zA.