Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi
16:23 / 2026-01-26

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Bo‘zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.

Unda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Joylardagi masalalarni hal etish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, Prezidentimiz tomonidan zarur sharoitlar yaratib berilganligi, biroq, ayrim joylarda qoloqliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqid qilindi. Xususan, aholi kayfiyatiga bevosita ta’sir etuvchi muammolarni hal etish borasida ichki yo‘llarni ta’mirlash, og‘ir mahallalarni obodonlashtirish, qurilish sohasi, kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan ishlash kabi qator masalalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Majlis davomida tez fursatda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, aniq topshiriqlar berildi. O‘z vazifasini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 5 nafar mansabdor shaxsning lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.  

Shuningdek, 6 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri