Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intizom, halollik – muvaffaqiyat omili
09:07 / 2025-12-12

Korrupsiya mamlakatlar taraqqiyoti, aholi farovonligi, jamiyat hayotining turli sohalari ravnaqiga to‘siq bo‘luvchi tahdidli illat sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida mamlakatimizda korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash olib borish masalasiga ustuvor yo‘nalishlar  sifatida e’tibor qaratilmoqda. 

O‘zbekiston Respubikasining 2016 yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi amaliy ishlarni davr ruhiga mos tarzda yo‘lga qo‘yishda, iqtisodiy jinoyatlarga barham berishda muhim omil bo‘lmoqda.  

Qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurash olib borish borasidagi ishlarda asosiy tamoyillardan sanaladi.  

O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahridagi Akademiya Bank xizmatlari markazida xodimlar uchun tashkil etilgan seminar davomida ana shular xususida batafsil so‘z yuritildi.  

Seminarda e’tirof etilganidek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar yuzasidan tizimli ishlar bajarilmoqda. Shu bilan birga  korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, bunday holatlarga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga katta ahamiyat qaratilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiadorlik jamiyati nainki mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham nufuzga, alohida mavqega, ishonchli hamkorlarga ega moliyaviy tuzilma  sanaladi. Bank va uning joylardagi filiallarida, bank xizmati markazlarida ishni to‘g‘ri, halol tashkil etish ushbu tashkilot faoliyatining samaradorligida, uning obro‘si va nufuzida, odamlar ishonchiga sazovor bo‘lishda yetakchi o‘rin egallaydi.  

Seminar davomida mas’ul xodimlar tomonidan har bir xodimning halol, sofdil, o‘z vazifasiga katta mas’uliyat, qat’iy tartib-intizom asosida, vijdonan yondoshishi, mijozlarga hurmatda bo‘lishi muhimligi xususida fikr yuritildi.  

Bu kabi tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiadorlik jamiyati tomonidan mazkur moliyaviy tuzilmaning barcha filiallarida, bank xizmati ko‘rsatish markazlarida o‘tkazilmoqda.  

                                          Nazokat Usmonova, O‘zA  muxbiri