Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intiluvchan odam har qanday sharoitda ham mushkul ahvolga tushmaydi
18:30 / 2020-05-18

Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat turmush tarzimizning koʻp jihatlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qildi.


Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat turmush tarzimizning koʻp jihatlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qildi. Chunki har qanday sharoitda ham odam yashashi kerak. Intilgan kishilar esa mushkul ahvolga tushmaydi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan onlayn muloqotda shu xususida soʻz yuritildi.

Universitet talabalari uchun oʻtkazilgan tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzosi Malika Qodirxonova ham ishtirok etib, ularga bilim egallash, oʻz kasbining ustasi boʻlish uchun nimalar qilish kerakligi haqida oʻz mulohazalarini bildirdi.

Hozirgi kunda yoshlarda bilim va professional koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan tuzilmalar, xususan Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Markazlarda yangi sharoitlarga mos kasblarga oʻqitish, jumladan, kompyuter asoslari, dizayn, sayt yaratish, uy mehmonxonasi, bogʻdorchilik va boshqa bir qator yoʻnalishlarda oʻqib, sertifikat olish mumkin.

Ushbu hujjat, oʻz navbatida, “Har bir oila- tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi davlat dasturlari doirasida imtiyozli kredit olish imkonini beradi.

photo_2020-05-18_16-27-26.jpg

Toshkent viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan birgina 2019-yilda 1026 ming kishiga sertifikat berildi. Joriy yilning oʻtgan davrida esa 792 kishi ushbu markazda oʻqitildi.

Senator Malika Qodirxonova talaba yoshlarga bu borada davlatimiz tomonidan taʼminlanayotgan imkoniyatlar haqida batafsil soʻzlab, ulardan foydalanish har qanday sharoitda ham oila ehtiyojlarining qondirilishini taʼminlashini qayd etdi.

Yigitlar uchun ham bu borada imkoniyatlar bisyor. Xususan, Yoshlar ittifoqi qoshidagi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi tadbirkorlik markazlari oʻquv kurslarida zarur koʻnikmalarni bepul egallabgina qolmay, ular orqali imtiyozli kreditlar ham olish mumkin.

Asli tadbirkor boʻlgan senator yoshlarning aniq savollariga oʻz tajribasiga asoslanib batafsil javob berdi. Oʻqish bilan birga amaliy faoliyat olib borish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qayerga murojaat qilish kerakligi, umuman, yangicha sharoitlarda qanday yoʻnalishlarda oʻz ishini boshlash mumkinligi haqidagi savollarga javob qaytarildi.