French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intilganga tole yor
12:42 / 2024-12-16

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Gulistonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Dilnavoz Saidova “Ayollar daftari”ning 1-bosqichiga kiritilgandi.

Unga mahalladagi qarovsiz bino bepul foydalanish uchun berilgach, binoni ta’mirlab tikuv sexi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Dastlabki faoliyatini 2021 yil fevralida “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 30 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini olib, zamonaviy rusumdagi 7 ta tikuv mashinasini xarid qildi. Olti oy davomida o‘zi singari 30 nafar xotin-qizni atrofiga birlashtirib, ish bilan band qilishga erishdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Dilnavoz Saidova “Ortiq Dilnavoz” MCHJ rahbari sifatida kasanachilikni yo‘lga qo‘yib, hozirda 100 ga yaqin xotin-qizni ish bilan ta’minlab kelmoqda.  

Tikuv sexida bir oyda 5 ming dona ayollar kiyim-kechagi, 60 ming dona ro‘mol va boshqa turdagi liboslar tayyorlanmoqda. Mahsulotlar asosan ichki bozorga yo‘naltirilgan. Ichki imkoniyatlarini kengaytirish harakatida bo‘lgan Dilnavoz Saidova yana 50 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlashni reja qilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.