French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intervyu: Sozgar Azamat Islomov ustaxonasida (+video)
12:14 / 2022-09-20

Soz, ohang sehri shundaki, uni tinglagan kishi yo kuyga qo‘shilib jo‘r bo‘ladi, yo tebranib xayolot olamiga g‘arq bo‘ladi, inson ruhi bevosita soz sehridan orom oladi. Buning uchun esa nafaqat sozanda mohir bo‘lishi kerak, balki, uning sozi ham mukammal yaratilgan bo‘lishi lozim. Sozni yasash davomida usta tomonidan yo‘l qo‘yilgan kichikkina xato ham musiqa ohangining noxos yangrashiga sabab bo‘larkan.

Sozning yaratilish tarixi, ilgarigi ko‘rinishi, qancha muddat davomida yaratilishi mumkinligi, qanday xom ashyolardan tayyorlanishi, ijod va mehnat mashaqqati hamda boshqa qiziq sirlar haqidagi samimiy suhbatimiz bu gal sozgar usta-hunarmand —Azamat Islomov bilan bo‘lib o‘tdi. Videoni O‘zAning yutubdagi kanali orqali tomosha qiling.    

Sozgar usta-hunarmand Azamat Islomov haqida qisqacha ma’lumot:  

1968 yil, 22 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan. 1986-1994 yillarda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini tamomlagan.  

1991-1994 y. “Kamolot sari” firmasida sozanda. 

1994-1997 y. Doni Zokirov nomidagi xalq cholg‘ulari orkestrida sozanda.  

1997-1999 y. 23-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qituvchi.   

1999-2007 y. Milliy cholg‘u ilmiy ishlab chiqarish tajriba laboratoriyasida ustaxona mudiri.  

2007-2018y. O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasida qashqar rubob o‘qituvchisi.  

2018 - yildan hozirgi kungacha Milliy cholg‘u ilmiy ishlab chiqarish tajriba laboratoriyasida direktor, “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasida qashqar rubob o‘qituvchisi hisoblanadi.  

2022 yildan buyon O‘zDKda o‘z sohasi bo‘yicha mustaqil izlanib keladi.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/bZzYehRjvGM" title="Sozgar Azamat Islomov ustaxonasida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov  (video), O‘zA