Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Interpol: koronavirus vaksinalarini yetkazib berish jarayonida jinoyatchilik hajmi oshadi
09:15 / 2020-12-22

Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok dunyo bo‘ylab koronavirus vaksinalari yetkazib berilishi jarayonida jinoyat olamida faollik kuzatilishi bo‘yicha fikr bildirdi.

 “Vaksina – 2021 yilning suyuq oltini hisoblanadi. Jinoyatchi guruhlar uning taqsimotiga tayyorgarlik ko‘rishgan, vaksina bilan bog‘lik jinoyatchilik hajmi oshadi.  

Hammasi bu qimmatbaho mahsulotga eng avval ega chiqishga va taqsimotning boshida turishga intiladi. Vaksinalar ro‘yxatga olinmasidanoq jinoyatchi guruhlar qalbaki vaksinalarni tarqatishga tushgandi”, dedi Shtok “Wirtschaftswoche” nashriga bergan intervyusidda.  

Uningcha, koronavirus pandemiyasi, umuman olganda, jinoyatchilarga yangicha imkoniyatlarni bergan va o‘zida “jinoyatchilik pandemiyasini” mujassam qilgan.