French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Internetdagi soxta biznesga tikilgan 33,6 ming dollar fosh etildi
18:46 / 2020-07-27

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi.

Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida fuqaro N.X. va Sh.A. oʻzaro til biriktirib, “A.T.C.” korxonasiga aʼzo qilish va “elektron doʻkon” sotib olish evaziga fuqaro O.Yu.dan 920 ming soʻm va fuqaro G.D.dan 300 AQSH dollari olgan.

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida bu shaxslarning yana bir jinoyati fosh etildi. Ular fuqarolarni “A.T.C.” saytiga aʼzo boʻlish, boshqa fuqarolarni mazkur saytga aʼzolikka taklif qilsa bonus pullari berilishini faol targʻib qilgan. Kiritilgan aʼzolik badallari miqdoriga qarab kelgusida mulkiy manfaat olish haqida soxta vaʼdalar berilgan.

Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan bu yolgʻon maʼlumotlarga ishongan kishilar esa jarayonda faol ishtirok etgan. Natijada aldash yoʻli bilan jami 53 nafar fuqaroning 33,6 ming AQSH dollari va 3 million soʻm mablagʻi firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritilgan. Mablagʻlar esa Sh.A.ning nomiga ochilgan xalqaro plastik (VISA) kartasiga oʻtkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan fuqaro N.X. va Sh.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.