Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Internet makonida xavfsizligingizni ta’minlash o‘z qo‘lingizda
11:26 / 2026-01-07

Surxondaryo viloyatida kiber tahdidlarga bag‘ishlangan uchrashuv, davra suhbati va boshqa targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Viloyat IIB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlarining Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etgan tadbiri ham shu mavzuga bag‘ishlandi. 

Unda internet ijtimoiy tarmog‘ida uchrayotgan kiber tahdidlar, firibgarlikning zamonaviy turlari va ulardan himoyalanish usullari haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Qayd etildiki, axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi paytda kiber tahdidlar sayyoramizning dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Virtual olamdagi kiber jinoyatdan ishonchli himoyalanish uchun internetdan kelayotgan noma’lum ma’lumotlarni ochmaslikni, virusli dasturlarni o‘rnatmaslik, shaxsiy ma’lumot va bank plastik kartalari kodlarini hech kimga bermaslikni taqozo etmoqda. Vaholanki, kiberxavfsizlik faqat mutaxassislar vazifasi emas, balki internet tarmog‘idan foydalanuvchi har insonning kundalik ishi bo‘lishi kerak. Global tahdidga qarshi o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar moliyaviy zarar, obro‘ yo‘qotish va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishining oldini oladi. Кибержиноятчиларнинг maqsadli girdobiga tushib, jabrlanuvchiga aylanib qolishdan himoya qiladi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida professor-o‘qituvchilarning savollariga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri