Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
International SOS: O‘zbekiston — dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri
10:08 / 2022-12-23

Dunyodagi yetakchi sog‘liqni saqlash va xavfsizlik xizmatlari kompaniyasi hisoblangan International SOS mamlakatlarning odamlar hayoti uchun xavfsizligi haqidagi hisobotini taqdim etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deya qayd etilgan. Bu borada mamlakatimiz AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya kabi davlatlar bilan bir ro‘yxatda joylashgan.

“Zo‘ravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi.

Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali tashkil etilgan. Infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar to‘xtatilishi mumkin", deya ta’rif beriladi xavfsizlik yuqori bo‘lgan mamlakatlarga.

Tahlil natijalariga ko‘ra, eng xavfli davlatlar sifatida esa Afg‘oniston, Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Yaman va Ukraina qayd etilgan.

 

O‘zA