Suhrob Shavkatovich HASANOV o‘qituvchi-assistent Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand, O‘zbekiston hasanov.suhrob7219919@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada intermatnli usulda matnlar yaralishi universal modellarining asar strukturasidagi o‘rni va roli talqin qilingan. Shu asosda o‘rganuvchi poetikaning o‘ziga xosligi, tarixiy meros va madaniy xotiraning badiiy asar matnida uzatish va saqlashda intermatnli usulning ahamiyati nazariy jihatdan yoritilgan. Intermatnning xalq madaniyati saqlab kelayotgan xotira an’analariga qurilishi, muallif va o‘quvchi, muallif va uning qahramonlari orasidagi genetik xotiraning umumiyligi Bahodir Qobulning “Otachiroq” hikoyasida qadim ajdodlarimiz ilohiy mohiyat hisoblagan olov obrazi orqali ifodalaganligi intermatnli tahlil asosida dalillangan.
Tayanch so‘zlar: intermatnlik, intermatn, tarixiy-madaniy xotira, allyuziya, reminissensiya, iqtibos.