Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Interfaol dars – ta’lim samaradorligi omili
20:05 / 2014-09-29

Poytaxtimizning 225-umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan saboq berib kelayotgan o‘qituvchi Zilola Boboyorova yaratgan “Cross the River” (“Daryoni kesib o‘tish”) deb ataluvchi mazkur interfaol dars usuli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tiliga oid so‘z boyligini oshirishga, fanni tez va samarali o‘zlashtirishiga qaratilgan. 

...Bolalar daryoning mevali daraxtlar o‘sayotgan narigi qirg‘og‘iga o‘tishga oshiqadi. Biroq ularni manzilga eltib qo‘yadigan qayiq faqat o‘qituvchi tomonidan ingliz tilida beriladigan mevalar ta’rifini tezda tushunib, nomini to‘g‘ri topgan yo‘lovchiga muntazir. Har to‘g‘ri javob uchun bir dona chipta.

Poytaxtimizning 225-umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan saboq berib kelayotgan o‘qituvchi Zilola Boboyorova yaratgan “Cross the River” (“Daryoni kesib o‘tish”) deb ataluvchi mazkur interfaol dars usuli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tiliga oid so‘z boyligini oshirishga, fanni tez va samarali o‘zlashtirishiga qaratilgan. 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat bilim va professional ko‘nikmalarni egallashi, ayni paytda chet davlatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilishi, dunyoda ro‘y berayotgan barcha yangilik va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor bo‘lishi, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni chuqur o‘rganishiga katta ahamiyat berilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘g‘il-qizlarga bilim maskaniga ilk bor qadam qo‘ygandanoq xorijiy tillar o‘qitilmoqda. 

Mutaxassislar fikricha, jajji o‘g‘il-qizlar maktab ta’limining dastlabki bosqichida qiziqarli savol-javob, o‘yin tarzidagi mashg‘ulotlar orqali xorijiy til olamiga olib kirilishi, keyingi bosqichlarda chet tilidagi so‘zlarni eshitish, gapirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini egallay boshlashi zarur. Bu har bir chet tili fani o‘qituvchisidan bolalarning fiziologik imkoniyatlari va psixologiyasini yaxshi bilish, mashg‘ulotlarda yuksak pedagogik bilim va mahoratini ishga solgan holda, zamonaviy dars uslub va shakllarini amaliyotga tatbiq qilishni talab etadi.

Chet tilini o‘qitishga qaratilgan interfaol darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Shu bois, joriy o‘quv yilida 1-sinf o‘quvchilari uchun qayta nashr etilgan ingliz, nemis, fransuz tili darsliklariga audio va videomateriallar, multimedia vositalari ilova qilindi.

Z.Boboyorova darslarda “Snowball” (“Qorbo‘ron”), “Cross the Bridge” (“Ko‘prikni kesib o‘tish”), “Funny Race” (“Qiziqarli poyga”), “Run and Say Colour” (“Yuguring va rangni ayting”) va boshqa o‘yinli dars uslublaridan samarali foydalanadi. 

– Harakatli o‘yinlar bolalarni zeriktirmaydi va darsda faol bo‘lishga undaydi, – deydi Z.Boboyorova. – Masalan, “Snowball” o‘yinida o‘quvchilar chaqqon va zukko bo‘lishi zarur. Unda uzatilgan to‘pni ilib olgan o‘quvchi yangi o‘rgangan so‘zni aytib, shu zahoti sherigiga otishi kerak. Qaysi ishtirokchining qo‘lida to‘p uzoq vaqt qolib ketsa, u o‘yindan chiqib ketaveradi. Dars oxirigacha o‘yinda qolgan o‘quvchilarga “a’lo” baho qo‘yiladi. 

Davlatimiz rahbarining nomi qayd etilgan qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan bunday ishlar yoshlarimizga xorijiy tillarni o‘rgatish samaradorligini oshirish bilan birga, ularning salomatligini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.