Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intensivlashtirish natijasida baliq yetishtirish hosildorligi 3-4 barobarga oshirildi
13:31 / 2024-02-01

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyevaning qayd etishicha, 63 ming gektar sun’iy suv havzasi hamda 537 ming gektar tabiiy suv havzasida baliq yetishtirish ishlari tashkil etilgan.

Mazkur xo‘jaliklar tomonidan o‘tgan yil davomida sohani rivojlantirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, lichinka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan quvvati 390 million dona bo‘lgan 7 ta inkubatsiya sexi ishga tushirilib, ularning soni 113 taga, quvvati 5,2 milliard donaga  yetkazildi. Baliq chavoqlarini yetishtirishga ixtisoslashgan 270 gektar maydonda quvvati 14 million dona sig‘imli reproduktor havza ishga tushirilib, ularning quvvati 496 million donaga, maydoni 7,6 ming gektarga yetkazildi.  

Shuningdek, sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar soni 24 taga, quvvati esa 6000 tonnaga yetkazildi. Aynan shu yo‘nalishda o‘tgan yilda yangidan 5 ta loyiha amalga oshirilib, 1,2 ming tonna yangi quvvat ishga tushirildi.  

Sohaga intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyalarining joriy etilishi natijasida 1 gektar maydonda baliq yetishtirish hosildorligi 3-4 barobarga oshirildi. Hozirda jami 8 ming gektardan ortiq maydon intensivlashtirildi. Shu bilan birga, quvvati 12 ming tonna bo‘lgan yuqori proteinli 3 ta omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilishi evaziga ularning soni 48 taga, quvvati 438 ming tonnaga yetkazildi.  

Umumiy qiymati 712 milliard so‘m bo‘lgan 241 ta hududiy loyiha ishga tushirildi. Natijada 2500 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA