English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual o‘yinda «Adolat» jamoasi g‘olib bo‘ldi
19:20 / 2021-12-02

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya bilimdoni» shiori ostida Kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida Qarshi shahridagi Yoshlar markazida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qism qo‘mondonligi, janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish shu orqali yoshlarni huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qizg‘in bellashuv va savol-javob shartlarida «Adolat», «Huquq posbonlari», «Qalqon», «Sarhad», «Yangi O‘zbekiston» va «Najotkorlar» kabi 6 ta jamoa ishtirokchilari Konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatiga doir bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining «Adolat» jamoasiga, 2-o‘rin Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining «Huquq posbonlari» jamoasi va 3-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining «Yangi O‘zbekiston» jamoasiga nasib etdi. 

G‘oliblar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, O‘zA