“Intellektual olimpiada” g‘oliblari taqdirlandi
Poytaxtimizda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Intellektual olimpiada” musobaqalari yakuniga yetdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Zakovat intellektual klubi” NNT hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 5 milliard 400 million so‘mni tashkil etdi.

1-o‘rinni O‘zbekiston Milliy universiteti egalladi va 2 milliard so‘m bilan taqdirlandi. 2-o‘ringa Toshkent davlat tibbiyot universiteti loyiq ko‘rildi va 1,5 milliard so‘m egasi bo‘ldi.

3-o‘rinni Fan va texnologiyalar universiteti egallab, 1 milliard so‘m bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Zakovat” g‘oliblari uchun magistraturaga imtihonsiz qabul hamda oylik stipendiya kabi imkoniyatlar belgilangan.

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA