Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual mulk sohasidagi yangiliklar
15:20 / 2024-06-03

Yangi farmon

Joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.   

Mazkur farmon orqali fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda adliya organlari hamda muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilandi.   

Jumladan, farmonning 13-bandida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida joriy yil 1 iyulidan boshlab elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratilishi, intellektual mulk ob’ekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.  

Shuningdek, Adliya vazirligiga intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish, kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish belgilangan. Qolaversa, aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo‘yish va yo‘q qilish, intellektual mulk sohasidagi qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida (hozirda kelishish tartibida) amalga oshirish huquqlari berilmoqda. 

Bundan tashqari, farmon 6-ilovasining 17-bandida joriy yil iyul oyi muddatida konsert-tomosha tadbirlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya qilmaslikni litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi sifatida e’tirof etish hamda litsenziyani bekor qilish choralarini qo‘llash bo‘yicha normativ hujjat loyihasini hamda 18-bandida joriy yil avgust oyi muddatida kontrafakt mahsulotlarni olib qo‘yish va yo‘q qilishning aniq mexanizmlari belgilangan. Shuningdek, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilash, ixtiro va foydali model hamda sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomalari bo‘yicha o‘tkaziladigan davlat ekspertizasi jarayonlariga autsorsing usullarini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish vazifalari ko‘rsatildi.  

 I.Sharapov, 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish 

bo‘yicha-bosh maslahatchisi.

O‘zA