Buxoro viloyati Adliya boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 20 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 20 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.
O‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 59 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 20 ta taklif, 1 ta jinoiy taklif va 135 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 52 ta tovar va xizmat ko‘rsatish belgilaridan noqonuniy foydalanganlik holati bartaraf etilgan. 18 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bo‘lim tomonidan 202 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari hamda xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi. Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 43 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, Prezidentimizning 2022 yil 17 martdagi farmoniga asosan “Intellektual mulk agentligi” tugatilib, viloyat adliya boshqarmalarida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi tashkil etildi.
Zarif Komilov, O‘zA