Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual bellashuvda yoshlarning bilimga chanqoqlik ruhi namoyon bo‘ldi
16:32 / 2025-07-10

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston - Yoshlar ziyo maskani”da tuman hokimligi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” doirasida “Zakovat” klubi NNT tomonidan “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildi.

Musobaqada yoshlar bilim, mantiq va tezkor fikrlash bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

[gallery-24255]

Turnir nafaqat ishtirokchilarga, balki tomoshabinlarga ham zavq bag‘ishlab, davrada bilimga chanqoqlik ruhini uyg‘otdi.

Birinchi o‘rin 3-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilariga nasib etdi. 49-maktab jamoasi ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni esa 18-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘g‘il-qizlari egalladi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA