“INTEGRO FACILITY” MCHJ QK rasmiy xabari
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “INTEGRO FACILITY” qo‘shma korxonasi (INN –303792983) barcha kontragentlariga 2024 yil 30 iyulida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida IF-1-sonli protokol qarori qabul qilinib, unga muvofiq, “INTEGRO FACILITY” MCHJ QK “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QK (INN –304669073) ga qo‘shilish yo‘li bilan qayta tashkil etilayotgani to‘g‘risida ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 51 moddasiga muvofiq, qayta tashkil etish natijasida “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QK “INTEGRO FACILITY” MCHJ QKning barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Shu tariqa, “INTEGRO FACILITY” MCHJ QK kontragentlar o‘zlarining keyingi talablarini Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 52-uy manzilida joylashgan “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QKga bilidirishlari mumkinligini ma’lum qiladi. Tel: (99871) 276-93-74.
Muassasamiz bilan hamkorlik qilishda mazkur ma’lumotlarni hisobga olishingizni so‘rab qolamiz.