Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insultdan so‘ng reabilitatsiya bemorning harakatlarini tiklaydi (+video)
08:35 / 2025-09-16

Insult — bu nafaqat jismoniy, balki ruhiy sinovdir. Uni boshidan o‘tkazgan insonning hayoti birdaniga o‘zgarib ketadi.

Misol uchun har bir oddiy harakat – yurish, gapirish yoki qo‘lni ko‘tarishni — qaytadan o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Shu bois reabilitatsiya jarayoni kasallikdan keyingi hayotning eng muhim bosqichi hisoblanadi.  

Shu bilan birgalikda, nafaqat fizioterapiya va mashqlarni, balki logoped, psixolog vashifokorlarning muntazam yordamini ham o‘z ichiga oladi.  

Yaqinlarining mehr-muhabbati hamda doimiy qo‘llab-quvvatlashi bu yo‘lda ularga eng katta kuch bag‘ishlaydi. To‘g‘ri tashxis, mutaxassislar yordamida boshlangan tiklanish yo‘li esa bemorning tezroq oyoqqa turib ketishiga yordam beradi.  

Aynan insultdan keyin bemorlarni reabilitatsiya qilish texnologiyasi va me’todlarini birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonga olib kirgan, o‘n yildan buyon ushbu yo‘nalishda bemorlarni muolaja qilib, ularning hayot sifatlarini tiklab kelayotgan mutaxassis, neyrojarroh va neyroreabilitolog — Sunnatulla Eshmurodov bilan aynan shu mavzuda suhbatlashdik.  

“Salomat bo‘ling” dasturida batafsil 

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/D5hA3nWREFY" title="Insultdan so`ng reabilitasiya bemorning harakatlarini tiklaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

                                               M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev (video), O‘zA