FOTOREPORTAJ
Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida Termiz davlat pedagogika instituti uchun yangi, zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu binoning umumiy qiymati 41 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etib, 1 ming 500 nafar talaba uchun mo‘ljallangan. Yangi maskan zamonaviy me’moriy yechim, ilg‘or texnologiyalar va qulay ta’lim muhiti bilan o‘ziga xos.
[gallery-25655]
Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, ushbu bunyodkorlik ishlari yurtimizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, yoshlarning sifatli bilim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlarning yaqqol ifodasi ekanini ta’kidladi.
Bino nafaqat Termiz davlat pedagogika instituti uchun, balki viloyatining ta’lim sohasi taraqqiyoti uchun xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli. Bu joyda ertangi kun o‘qituvchilari, vatanparvar, bilimli va zamonaviy yoshlar tarbiyalanadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA