Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institutning o‘ziga xos an’anasi
20:29 / 2025-11-14

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilida safga qo‘shilgan talabalar bilan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu an’ana institut hayotining muhim voqealaridan biri bo‘lib, talabalikning mas’uliyatli va sharafli bosqich ekanini yana bir bor eslatadi. 

Termiz shahridagi «San’at» saroyida o‘tkazilgan tadbir avvalida institut rektori Azizbek Hasanov yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va institutda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, birinchi bosqichga qadam qo‘yganlarni samimiy qutladi. 

[gallery-26261]

Talabalarning tantanali qasamyod qabul qilishi tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri bo‘ldi. Ular ilmga intilish, tanlagan yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lish, ota-onaning ishonchini oqlash, institut intizomini hurmat qilish va mashg‘ulotlarda faol qatnashishni o‘z oldilariga burch sifatida belgiladilar. Institutda joriy yilning kunduzgi ta’lim shakliga 1 ming 644 nafar yigit-qiz qabul qilindi, ulardan 356 nafari davlat granti, 1288 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqdalar. 

Tadbir davomida “Yilning eng faol talabasi — 2025” tanlovi institut bosqichi g‘oliblariga sertifikat va maxsus sovrinlar taqdim etildi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA