Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institutda rektor stipendiyasi taʼsis etildi
20:00 / 2020-02-02

Toshkent davlat stomatologiya institutida “Rektor va yoshlar“ uchrashuvi oʻtkazildi.


Toshkent davlat stomatologiya institutida “Rektor va yoshlar“ uchrashuvi oʻtkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda belgilab berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ular isteʼdodi va salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi loyihalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilda yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yasash boʻyicha ulkan maqsadlar belgilanganligi, jumladan, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni ish bilan taʼminlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun sharoit yaratish, qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarish, boʻyicha tegishli chora-tadbirlar olib borilayotgani aytib oʻtildi.

Tadbirga Uchqun Tillayev, Toʻti Yusupova, Xosiyat Husanova, Davron Karimov kabi taniqli sanʼat va madaniyat arboblari taklif etilgani unga oʻzgacha shukuh baxsh etdi.

Tadbirda Toshkent davlat stomatologiya institutida talabalarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish, ularni faol yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, munosib taqdirlash maqsadida rektor stipendiyasi joriy qilingani haqida maʼlum qilindi.

Shuningdek, oʻz ustida ishlaydigan, tashabbuskor pedagoglar uchun ham institutda ragʻbatlantirish joriy etildi. Ilmiy izlanuvchi pedagoglarning “Skopus“ tizimidagi xalqaro jurnallarda chop qilingan har bir maqolasi uchun 3 mln. soʻm qalam haqi beriladigan boʻldi.