Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institutda “Ochiq eshiklar kuni”
21:44 / 2024-02-27

Andijon mashinasozlik institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Umumta’lim maktablari bitiruvchilarini oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishga jalb etish, institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirga Andijon shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari va ularning ustozlari taklif etildi.

Tadbir ochilishida so‘z olgan institut rektori Umidjon Turdialiyev o‘quvchilarga institutning tashkil etilishi tarixi haqida gapirib berdi. Shuningdek, mavjud fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik-lar bo‘yicha keng ma’lumotlar berdi. 

Institut mutasaddilari tomonidan bitiruvchilarga talabalarning puxta bilim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi, talabalarning huquq va majburiyatlari, o‘quv jarayonlari, institutdagi tartib-qoidalar tushuntirildi. 

Bitiruvchilar institutning elektrotexnika, avtomobilsozlik, intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlari binosi, laboratoriyalar, sport zali hamda Street Workout maydonchasi, axborot resurs markazi, talabalarning startap loyihalarini ishlab chiqishga qaratilgan Inkubatsiya markazi va dars mashg‘ulotlari xonalarida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni bevosita ko‘zdan kechirishdi.

Tadbir davomida bitiruvchilar, ularning ustozlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga institut rektori va mutasaddilaridan batafsil javoblar oldi. 

Yakunda bir guruh o‘quvchilar maktabni tamomlagach, mazkur institutda o‘qishni davom ettirish istagini bildirdi. 

[gallery-16149]

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari