FOTOREPORTAJ
Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida ijodkorlar Usmon Azim, Shuhrat Orif va Dadaxon Muhammadiyev ishtirokida nazm kechasi tashkil etildi.
[gallery-19638]
She’riyat shu qadar nozik va o‘zgacha tuyg‘ular mantig‘iga asoslanadiki, uning mohiyatini tushuntirmoq haligacha udda etilmagan. Ne-ne olimlar she’rni san’atning tushuntirib bo‘lmaydigan sohasi ekanligini aytib o‘tishadi. She’riyatning qalb tarbiyasidagi o‘rni esa beqiyosdir. U ruhi yuksak va qalbi ozoda zotlarni tarbiyalaydi.
Nazm kechasida insonparvarlik, yurtparvarlik, fidoyilik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bebaho asarlarni eshitgan yoshlar qalbida Vatandan, yurtdan g‘ururlanish hissi yanada oshdi. Nafosat, she’riyat, adabiyot bayramiga aylangan kecha muxlislarga manzur bo‘ldi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA