Andijon mashinasozlik institutida “Huquqiy axborot kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Viloyat adliya boshqarmasi, Andijon yuridik texnikumi hamda Andijon tumanlararo ma’muriy sudi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda institutning bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda ish yurituvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Andijon yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari Zafarbek Qodirov, Andijon tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Hikmat Davlatov, institut profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muhtaramxon Xoliqova, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyevning ma’ruzalari tinglandi.
[gallery-15741]
Ma’ruzalarda O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil uchun belgilangan davlat byudjeti, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari, shuningdek, rasmiy sanalarni nishonlash, oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi Prezident qarorlari mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovi va murojaatlariga ko‘ra, davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan ularning faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibi tushuntirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar huquqiy sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari