Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institut yangi binoda ish boshladi
10:29 / 2022-10-01

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi ochildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, respublikadagi tibbiyot oliygohlari rektorlari, institut rahbariyati va talabalar ishtirok etdi. 30 milliard so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari natijasida institutning yangi o‘quv binosi qurib bitkazildi hamda moddiy-texnik bazasi shakllantirildi.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti endi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan 3 ta o‘quv binosi, simulyatsiya markazi, ilmiy laboratoriya, 500 o‘rinli anjumanlar zali, 200 o‘rinli oshxonaga ega bo‘ldi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov  tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabrikladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali sifatida faoliyat boshlagan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Prezidentimizning 2020 yil dekabr oyidagi qarorlari bilan mustaqil institut maqomi berilib, hozirda oliygohda 3 ming 100 nafardan ziyod talabalar ta’lim olayotganligini qayd etgan viloyat rahbari, institutda qisqa muddat ichida katta o‘zgarishlar bo‘lganligini e’tirof etdi.

[gallery-8996]

Investitsiya dasturi asosida katta mablag‘ ajratilib, yangi binolarning barpo etilgani davlatimiz rahbarining aholi salomatligini muhofaza qilishga bo‘lgan e’tiborlari va tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan davlat siyosatining natijasi ekanligi qayd etildi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev ham so‘z olib, davrada o‘tirgan faxriy ustozlarni bayram bilan tabriklab, tibbiyot oliygohi talabalari yaratib berilayotgan imkoniyatlardan o‘z o‘rnida oqilona foydalanishlari, o‘qib-izlanishlari, kelajakda yetuk tibbiyot sohasi vakillari bo‘lishlariga tilak bildirdi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan institutning bir qator faxriy ustozlariga “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

M. Sulaymonov, O‘zA
M. Qodirov olgan surat