Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institut mahalla yoshlari uchun ma’rifat markaziga aylanadi
08:00 / 2022-02-17

Andijon mashinasozlik institutida mahallalarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Prezidentimizning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon Mashinasozlik institutida mahalla yoshlari bilan ishlash borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.  

[gallery-5792]

Xususan, institutda Andijon shahridagi Cho‘lpon 100 yilligi, Ozodlik, Mehnat, Sanoat, Sholdirama mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlar yetakchilari hamda yoshlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ana shu hamkorlik doirasida mahallalardagi yoshlar yetakchilari, yoshlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A.Ermatov, Andijon shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Shokirov qatnashib, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, iqtidor, iste’dod va tashabbuslarini rag‘batlantirish, umuman, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirdi. 

Andijon mashinasozlik instituti rahbariyati mazkur yo‘nalishda ishlarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni mustahkamlashga hamisha tayyor ekanligini bildirdi. Jumladan, mahalla yoshlari institut axborot-resurs markazi, sport zallari, sun’iy qoplamali mini futbol maydonlari, anjumanlar zalidan erkin foydalanishlari mumkinligi, shuningdek, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazish bo‘yicha takliflar aytildi. Uchrashuvda institutda mahalla yetakchilari uchun alohida xona tashkil etishga, shuningdek, institut va mahalla yetakchilari hamkorligini yanada mustahkamlashga, institutni mahalla yoshlarining ma’rifat markaziga aylantirishga kelishib olindi.  
 

F. UBAYDULLAEV,  
Z. UMRZOQOV (surat)