Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institut jamoasi Mo‘ynoqda bog‘ yaratadi
12:09 / 2023-11-17

Bugun erta tongdan Buxoro davlat pedagogika institutining ko‘ngilli xodim va talaba-yoshlaridan iborat jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yo‘l oldi.

–Maqsadimiz Mo‘ynoqda Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bog‘ini tashkil etishdir, –deydi Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murov. – Jamoa tomonidan Mo‘ynoqda 3 kun mobaynida “Yashil makon” ummummilliy loyihasi doirasida tadbirlar tashkil etiladi. 100 nafar jamoamiz a’zosi uchun maxsus kiyim- bosh tayyorlandi. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani iqlimiga mos keladigan ming tup qayrag‘och, jiyda, saksovul ko‘chati va urug‘i, qandim, cherkes ko‘chatlari ekiladi. Xabaringiz bor, davlat rahbarining topshirig‘iga asosan Buxoro viloyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani biriktirilgan. Boshqacha aytganda, mazkur tuman Buxoro tajribasi asosida ravnaq topmoqda. Biz jamoamiz bilan tuman aholisi uchun tuman madaniyat saroyida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etamiz.  

Shuningdek, safar davomida Buxoro davlat pedagogika instituti va Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri