Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institut ilmiy ishlari iqtiboslik darajasi bo‘yicha mamlakatimizdagi turdosh OTM lar o‘rtasida birinchi o‘ringa qo‘yildi
19:03 / 2021-01-15

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlari “Webometrics”ning “Google” Akademiyasidagi iqtiboslilik darajasi bo‘yicha O‘zbekistondagi tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida birinchi o‘ringa qo‘yildi.

2021 yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligi holatiga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ilmiy ishlarining iqtiboslilik darajasi bo‘yicha ko‘rsatkichi 11 ming 990 taga yetdi, ya’ni mazkur ilmiy ishlardan ana shuncha miqdorda ko‘chirma olingan.

Ushbu ko‘rsatkich bilan institut “Webometrics”ning “Google” Akademiyasidagi iqtiboslilik ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 3-o‘rinni, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari orasida 1-o‘rinni, dunyo bo‘yicha esa 2 ming 213-o‘rinni band etdi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur reytingni e’lon qilish uchun “Google” Akademiyasi OTM professor-o‘qituvchilari profillarini tahlildan o‘tkazadi. Bunda birinchi 220 ta profil tahlil uchun olinib, birinchi 20 talik chiqarib yuboriladi va qolgan profillar iqtiboslilik ko‘rsatkichi, ya’ni profilga qo‘yilgan ilmiy ishlaridan bir mingdan ortiq ko‘chirma olinganlari reytingga kiritiladi.

– Institut bejiz bunday natijaga erishmadi, – deydi Andijon davlat tibbiyot instituti prorektori G‘ulomjon Hojimatov. – bugungi kunda institutda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, internet tarmoqlari, ilmiy jurnallarga joylashtirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Institutda “I-EDU Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda elektron institut konsepsiyasi amaliyotga joriy etilib, 2020 yil davomida 10 ta nomdagi elektron jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, “Web of Science”, “Scopus”, “Google Scholar” kabi qator bazalarda, indekslanadigan ilmiy jurnallarda professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari nashr etilishi muntazam monitoring qilib boriladi.

F.UBAYDULLAEV, O‘zA