Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Instagram va WhatsApp sohibi o‘zgarishi mumkin
12:16 / 2025-04-14

Bugun Vashingtonda ijtimoiy media giganti “Meta”ga qarshi monopoliyaga oid ish bo‘yicha sud jarayoni boshlanadi.

AQSH Raqobat va iste’molchilar nazorati tashkiloti ta’kidlashicha, “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ini tasarruf etuvchi “Meta” korporatsiyasi raqobatni bartaraf etish uchun 2012 yil “Instagram”ni, 2014 yil “WhatsApp”ni sotib olib, “yakka hokim”ga aylangan edi.

Federal savdo komissiyasi (FTC) ushbu xarid jarayonini ko‘rib chiqmoqda. Agar FTC ishda yutsa, Meta bosh direktori Mark Sukerberg “Instagram” va “WhatsApp”ni sotishga majburlanishi mumkin.

Meta vakili avvalroq g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini aytgan. ekspertlar  esa BBC muxbiriga “Instagram” foydalanuvchilari hozir yaxshiroq imkoniyatga ega bo‘lganini ta’kidlagan.