Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inspektorlar brakonerlar hujumiga uchradi
16:21 / 2024-05-03

Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent viloyati Ekologiya, atrof muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Sirdaryo suv havzasi shu’basi inspektorlari tomonidan Sirdaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘ida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Shunday tadbirlardan birida inspektorlar brakonerlar hujumiga uchradi.

Reyd davomida Sirdaryo daryosining Oqqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi hududida inspektorlar noma’lum fuqarolar tomonidan taqiqlangan qurollar, ya’ni leskali to‘r, motorli qayiq yordamida baliq ovlanayotganiga duch keladi. Sirdaryo suv havzasi shu’basi boshlig‘i D.Zohidov va inspektor T.Bo‘riyev huquqbuzarlik holatiga chek qo‘yish maqsadida noqonuniy baliq ovlayotgan fuqarolarning yoniga qayiq bilan boradi. Ammo shu paytda huquqbuzarlar ularga hujum qilib, ularni suvga itarib yuboradi. Shuningdek, huquqbuzarlar inspektorlarni haqoratlab, ov qurollarini olib, qochib ketishadi.  

Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda holatga huquqiy baho berish maqsadida tegishli hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasi va viloyat IIBga yuborildi. Hozir tekshiruv ishlari olib bormoqda.  

A.Musayev, O‘zA muxbiri