Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inspeksiya xodimlariga maxsus avtotransport vositalari topshirildi
17:08 / 2026-02-10

Ish quroling bo‘lsa soz, mashaqqating bo‘lur oz, degan maqol bejiz aytilmagan.

Darhaqiqat, har qanday faoliyat samaradorligi bevosita zarur jihozlarga bog‘liq. Ayniqsa, jamoat xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan soha egalariga har qancha qulaylik yaratilsa ham arziydi.

Shu maqsadda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 2-avtobus saroyida maxsus tadbir tashkil etilib, Transport nazorati inspeksiyasining 14 ta hududiy bo‘lim xodimlariga maxsus jihozlangan avtotransport vositalari kalitlari tantanali tarzda topshirildi.

Ta’kidlash joizki, Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari ushbu maxsus avtotransport vositalari yordamida yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishi ustidan samarali nazorat olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa ularning mehnat faoliyatini yanada samarali tashkil etish kafolatini ta’minlaydi.

Sherbek Islomov, O‘zA