Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insonparvarlik yordami ehtiyojmandlarga uyma-uy tarqatiladi
15:02 / 2020-04-29

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda USAID Amerika xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan joʻnatilgan insonparvarlik yordamidan biz sirdaryoliklar behad minnatdormiz.


“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi USAID Amerika xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan birgalikda joʻnatgan 10 turdagi turli dori-darmonlar hamda 4 tonnadan ortiq miqdordagi salkam 2 milliard soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami Sirdaryo viloyati markazi –Guliston shahriga yetib keldi.

– Koronavirus pandemiyasi kurrai zaminimizni oʻz iskanjasiga olgan bir paytda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati ayni muddao boʻldi, – deydi “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat filiali rahbari Yulduz Usmonova. – El boshiga ish tushgan karantin davrida ehtiyojmand oilalarga saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan kundalik oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari beminnat tarzda yetkazib berilayotgani – bagʻri keng xalqimizning saxovatpesha farzandlari moʻlligidan dalolat beradi. “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda USAID Amerika xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan joʻnatilgan insonparvarlik yordamidan biz sirdaryoliklar behad minnatdormiz.

Endi ushbu insonparvarlik yordami viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida ehtiyojmand – kam taʼminlangan, yakka-yolgʻiz va oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, kambagʻallik darajasida yashovchi oilalar, oilasida nogironligi boʻlgan hamda vaqtincha daromad manbai toʻxtab qolgan fuqarolarga manzilli asosda, uyma-uy yetkazib berilishi nazarda tutilgan.