Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insonparvarlik tashabbuslari ilgari surildi
15:39 / 2024-10-17

Guliston shahri hokimligi katta majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatovning sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda joylardagi partiya faollari, faxriylar, xotin-qizlar va yoshlarning vakillari jam bo‘ldi.  

– Hayotda nimalar bo‘lmaydi, deysiz!? – deya tadbir taassurotlarini o‘rtoqlashdi O‘zbekiston XDP Sardoba tuman kengashi raisi Suyun Namozov. – Aytaylik, bir necha o‘n yillar yuqori maoshli, ayni paytda o‘ta og‘ir kon ishlarida ishlab, endi nafaqaga chiqqan kishi favqulodda vafot etdi. Nafaqa uchun har oy maoshidan ushlab qolingan katta miqdordagi mablag‘ unga berilmay qolib ketadi. Bizning partiya ana shu nafaqani uning turmush o‘rtog‘iga, agar uning pensiyasi miqdori kam bo‘lsa, almashtirib berish tashabbusini ilgari surmoqda. Bu ham adolatli, ham insonparvar harakatdir. Partiyamizning 10 yo‘nalish, 15 ta qadamdan iborat saylovoldi dasturidan bunaqa misollarni istalgancha keltirish mumkin.  

Saylovoldi uchrashuvida, shuningdek, O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyati kengashi raisi Sherali Mamadetsoyev, O‘zbekiston Qahramoni, partiya faxriysi Mirzaahmad Shoimov, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, Gulistondagi Prezident maktabi direktori o‘rinbosari Shahlo Namozova va boshqalarning chiqishlarida ijtimoiy davlatchilikning barqaror bo‘lishida partiyaning o‘rni beqiyos ekanligi yorqin misollar asosida qayd etildi.    

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri