Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insoniyat yaqin kelajakda yana qanday pandemiya bilan yuzlashadi?
18:06 / 2022-09-28

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko‘ra, insoniyat yaqin kelajakda yana bir pandemiya bilan yuzlashishi ehtimoli juda yuqori. SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi virus qanday paydo bo‘lishi va uning oldini olish choralari Jenevada bo‘lib o‘tgan konferensiyada muhokama etildi.

Aslida, COVID-19 epidemiyasi barchamiz uchun saboq bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, hozir koronavirus bilan kurashish tajribasiga egamiz. Ammo qurbonlar ko‘p bo‘ldi va hozir ham kasallik minglab bemorlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar fikricha, hademay boshqa patogenlar ham maydonga chiqishi mumkin. Atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, ekologik muammolar hamda biologik qurollanish avj olishi muammo omili sifatida baholanyapti. Shu bois JSST ekspertlari “X” xastaligiga hozirdanoq tayyorgarlik boshlanishi kerak, degan fikrda. Chunki noma’lum virusning istalgan paytda paydo bo‘lish xavfi mavjud. 

Birinchi taxminga ko‘ra, yangi infeksiya xuddi maymun chechagi yoki parranda grippi singari hayvonlarda uchrovchi viruslarning mutatsiyaga uchrashi oqibatida yuzaga keladi. Yana bir ehtimol ham bor: “X” kasalligi allaqachon mavjud bakterial infeksiya bo‘lishi ham mumkin. Negaki, olimlar so‘nggi vaqtlarda bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi oshib borayotganidan jiddiy xavotirda. Har yili dunyo bo‘yicha 5 million nafarga yaqin kishi ayni shu omil tufayli hayotdan ko‘z yumayotgani buning tasdig‘i va ko‘rsatkichlar yil sayin o‘smoqda.  

JSST barcha potensial xavfli patogenlar uchun virusga qarshi preparatlarni hozirdan yarata boshlashni taklif qilmoqda. Klinik sinovlarga imkon qadar tezroq kirishilsa, epidemiya paytida sinovlarning ikkinchi bosqichi uchun ixtiyorimizda dorilar mavjud bo‘ladi. 

O‘zA