Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insoniyat chuchuk suv tanqisligiga uchrashi mumkin
17:16 / 2021-06-04

Rensseler Politexnika instituti (SSHA) olimlari rahbarlik qilgan mutaxassislar guruhi global iqlim isishi tezlashgani natijasida ko‘llardagi chuchuk suvlarda kislorod miqdori kamayib borayotganini qayd etishdi. Mazkur tadqiqot natijalari yaqinda Nature jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar 393 ta ko‘lning holatini tekshirib ko‘rishdi. Tadqiqot ishida 1941 yildan to 2017 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlar o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘llar kislorodini dunyo okeanlariga qaraganda 2,75-9,3 barobar tezroq yo‘qotmoqda. Masalan, 1980 yilda tadqiq etilgan suv havzalari yuzasida kislorod miqdori 5,5 foizga, tubida esa 18,6 foizga kamaygan.

Ushbu o‘zgarishlarga chuchuk suvlarning harorati o‘n yil ichida 0,38 °C ga oshgani sabab bo‘lgan, deb hisoblamoqda ekspertlar. Global isishning bunday oqibati ko‘k –yashil suv o‘tlarining ko‘payishiga sharoit yaratadi, ular chiqarayotgan toksinlar esa chuchuk suvlarda yashayotgan tirik organizmlar uchun xavf tug‘diradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, kislorod darajasining pasayishi anaerobli bakteriyalarning ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratadi. Ular metan is gazini chiqaradi, bu esa iqlimning o‘zgarishini tezlashtiradi.

Shunday qilib, global isish chuchuk suv zaxiralarini tamom qilishi va undagi ekotizim muvozanatini buzishi mumkin.