Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insonga g‘urur bag‘ishlovchi kichik xabar
10:54 / 2022-08-31

Yurtimiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yurgan damlarda mustaqillik yillarida sohalarda erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish insonga o‘zgacha zavq beradi.

Yurtimiz farovonligiga xizmat qiluvchi biron bir yangilik eshitsang, yanada xursand bo‘lasan. Zero, Vatanning bir bo‘lagi ekanmiz, unga daxlsiz yashay olmaymiz. 
  
Bugun, negadir quyidagi kichik xabar ham menga g‘urur bag‘ishladi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Buxorodagi “Tib Texnika” MCHJda Janubiy Koreyaning “Noanix” kompaniyasi bilan hamkorlikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilar ekan. Shuningdek, “Noanix” kompaniyasining tajribali kardiolog jarrohlari hudud shifoxonalariga kelib, jarrohlik operatsiyalarini amalga oshiradigan bo‘libdi. Joriy yilning 24-27 avgust kunlari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida ana shunday kelishuvga erishilgan. 
  
To‘g‘ri, so‘ngi besh yil davomida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar oldida bu juda kichik voqelik. Ammo, ana shunday kichik-kichik o‘zgarishlar rivojlanishga, katta yutuqlarga olib keladi. Shunday ekan, Vatanimiz taraqqiyotiga har birimiz imkonimiz yetganicha hissa qo‘shaylik. Kuch –birlikda, deya bekorga aytilmagan. 
  
Ha aytgancha, “ShBio” kompaniyasi bilan kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda “GEMSS HEALTHCARE” kompaniyasi bilan investitsiya loyihasini, ya’ni tibbiyotda qo‘llaniladigan rentgen uskunalari ishlab chiqarishni amalga oshirish borasida amaliy sa’y-harakatlar boshlanmoqda. 


  
M.Qosimova, O‘zA