Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Insonga e’tibor yili”da SSV mutasaddilari chindan insonlarga e’tibor qaratarmikan?
12:32 / 2023-01-07

Shu kunlarda O‘zbekiston tibbiyoti sinov davrini boshidan kechirayotgandek. Ayniqsa, bolalar o‘limi bilan bog‘liq holatlar jamoatchilikda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Yil esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun ijobiy yakunlanmadi.

Ko‘pchilikni savollar qiynamoqda:  

Xo‘sh, tibbiyotimiz rivoji qanday darajada?  Yangi rahbariyat tizimni izga sola oladimi?

— Tibbiyotning eng og‘riqli nuqtasi — bolalar o‘limi qachon kamayadi? Qachon meditsina uchun yetarli shart-sharoitlar yaratiladi.  

Shu kabi savollarga javob olish uchun O‘zA sohadagi muammolarni yoritishda davom etadi.  

Tahririyatga kelgan murojaatlarga binoan bugungi kunda davolanish maskanlaridagi haqiqiy sharoitlarni ko‘rish va uni xolis baholash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidagi Bolalar kardiorevmatologiya va nefrologiya bo‘limida bo‘lib, shifokorlar va bemorlarni o‘ylantirayotgan ayrim masalalarning guvohi bo‘ldik.

Siz ko‘rib turgan bino 1976 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, oxirgi marta Nefrologiya bo‘limi 2009 yilda joriy ta’mirdan chiqarilgan va shu bugungacha shu holatida turibdi.  

30 o‘rin (15 ta kardiorevmatologik, 15 ta nefrologik o‘rin)ga mo‘ljallangan mazkur bo‘limda o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir va surunkali glomerulonefrit, bolalarda gemolitik-uremik sindromi kabi kasalliklarga qarshi kurashib kelinadi.

Bizni qiziqtirayotgan tomoni, mazkur bo‘limdagi ayrim “sharoitlar” uzoq vaqtlardan beri o‘zgarmagandek. Pol va derazalar eski va ta’mirtalab holatda turibdi. Ayrim palatalarda esa zamonaviy tibbiyotning “nafasi” sezilmaydi.

Yurtimizning ko‘pgina shifo maskanlarida jamoatchilik tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish yuzasidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, aholiga qulay bo‘lgan ko‘pgina yangi tizimlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu, o‘z navbatida, bemorlarning tezda shifo topishlariga yordam beradi.

“Insonga e’tibor yili” deb atalayotgan joriy yilda sog‘liqni saqlash mutasaddilari chindan insonlarga e’tibor qaratarmikan?

Ko‘ramiz. O‘zAni kuzatib boring.  

<iframe width="2133" height="1077" src="https://www.youtube.com/embed/HF31vqleyBE" title="“Insonga e’tibor yili”da SSV mutasaddilari chindan insonlarga e’tibor qaratarmikan?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA