Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insonga e’tibor ayolga, onaga e’tibordir
09:57 / 2023-01-08

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat shtabi yig‘ilishida yordamga muhtoj bo‘lgan ayollarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda «Ayollar daftari» tizimining 2023 yilda amalga oshiriladigan to‘rtinchi bosqichida ro‘yxatga kiritilgan har bir xotin-qizga kompleks yordam berish zarurligi ta’kidlandi.  Oldingi bosqichlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.  

bugungi kunda viloyatdagi barcha mahallalarda ishchi guruhlar tuzilgan bo‘lib, ishchi guruh a’zolari tomonidan ayollarning oilaviy sharoitini xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari olib borilmoqda.  

– Insonga e’tibor bu ayolga, onaga e’tibordir, – dedi shtab rahbari A.Salixov. – “Ayollar daftari”ning ushbu bosqichini ham yuqori uyushqoqlikda tashkil etish barchamizdan mas’uliyat va jonkuyarlikni talab etadi.  

Yig‘ilishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar keng muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Shohsulton To‘xtamatov, O‘zA