Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson va urush: Qo‘rquv, axloq va tinchlik oralig‘i (+video)
22:01 / 2025-12-03

Urush – insoniyat tarixidagi eng murakkab va og‘ir tajriba sifatida nafaqat tan va ruhga, balki xotiraga ham jarohat yetkazadi. Tilni, axloqni va vaqt tushunchasini o‘zgartiradi. Qo‘rquv esa insonni ba’zan kuchaytiradi, ba’zan yemiradi.

Tinchlikning asl qadrini urush ko‘rganlar his etishadi. Avlodlar urushning sababini bilmasa, oqibatini anglamasa, baxtli hayot kechira oladilarmi? Yoki nafaqat tarix, balki o‘zlikni ham unutadilarmi? Bu savollar chuqur mulohaza talab qiladi.

Jang haqidagi san’at asari yoki adabiyot insoniyatga dahshatini ko‘rsatsa-da, urushning tub mohiyatini yashirishga ham xizmat qilishi mumkin. Qasos va adolat, jasorat va befarqlik, tan, ruh va xotira – bularning har biri shu orqali sinovdan o‘tadi. Bashariyat raqobatni to‘xtatish uchun avvalo o‘z tabiatidagi vahshiylik, o‘ta adolatsizlikni yengishi shart.

O‘zA muxbiri ushbu mavzular bo‘yicha bahs yuritish maqsadida studiyaga ekspertlar – Sayfiddin Jo‘rayev, Farxod Karimov va Xayrulla Umarovni taklif etdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uSxPj8XNO3M" title="Urush va Inson: Qo‘rquv, Axloq va Tinchlik oralig‘i" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Oybek Davronov (video), O‘zA