Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson uchun” – mehr va birdamlik inklyuziv marafoni
07:53 / 2025-05-19

Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida “Inson uchun” shiori ostida inklyuziv yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Jamiyatda inklyuzivlik tamoyillarini keng targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va turli toifadagi fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 4 toifadagi 250 nafar nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar pul mukofoti, maxsus statuetka hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri