Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson taqdiriga daxldorlik mas’uliyati
19:59 / 2026-02-11

Bugun ijtimoiy himoya tizimi faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, inson qadrini ulug‘lash, uni jamiyat hayotiga faol jalb etish va yangi imkoniyatlar yaratish tamoyili asosida rivojlanmoqda. Bu jarayonda mahalla ijtimoiy xodimi aholi muammolarini o‘rganib, manzilli yordam ko‘rsatish orqali ijtimoiy adolat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati Vobkent tumanining So‘fidehqon mahallasida 3 ming 200 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda aholining turli qatlamlari bilan tizimli ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda ijtimoiy xodimning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

[gallery-27605]

Mahallada ijtimoiy xodim Muhtarama Abdullayeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar aholi muammolarini chuqur o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Ilgari “Kambag‘al oilalar reyestri”da 44 ta oila ro‘yxatda turgan bo‘lsa, manzilli ijtimoiy xizmatlar natijasida 12 ta oila reyestrdan chiqarildi. Bu “mahalla yettiligi”ning hamkorligi va har bir oila bilan individual ish olib borilayotganidan dalolat beradi.

Mahallada 82 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Ularning ijtimoiylashuvi, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanishi, bandligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga vasiylik tayinlanib, ularning huquq va manfaatlari himoyasi ta’minlandi. 6 nafar yakka-yolg‘iz keksa doimiy ijtimoiy xizmat bilan qamrab olingan. 7 nafar alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bola esa ta’lim jarayoniga jalb etildi.

O‘zA fotomuxbiri

Tohir ISTATOV olgan suratlar