Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson taftini inson oladi
15:58 / 2022-03-17

Qiynalganda yordam qo‘lini cho‘zish, mehr-oqibat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Qadri baland qadriyatlar tufayli yuzlab oilalar holidan xabar olinib, ko‘ngil so‘ralmoqda, quvonch-shodlik ulashilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yaqinlashib kelayotgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi va tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Inson taftini inson oladi” shiori ostida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 15 million so‘mlik 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 60 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, yotib qolgan hamda shifoxonalarda davolanayotgan nuroniylarga tarqatildi.

– Biz kabi keksalarni yo‘qlab, holimizdan xabar olishdi, – deydi Xurram Bahorova. – Gap sovg‘a-salomda emas. Shunchaki, e’tiborning o‘zi katta baxt. Bir necha yillardan beri bemorligim sababli ko‘chaga chiqolmay qoldim. Inson yoshi bir joyga borgach, e’tibortalab bo‘lib qolar ekan. E’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA