Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson salomatligini saqlash – ustuvor maqsad
14:25 / 2026-02-10

Ombudsmanning Buxoro viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Abira Huseynova tashabbusi bilan hududda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator xayrli tadbirlar izchil ravishda tashkil etilmoqda. Bu tashabbuslar inson qadri, inson huquqlari va sog‘lom jamiyat barpo etish g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, Ombudsmanning mintaqaviy vakili. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED 6-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik G‘olibjon Turdiyev hamda Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev hamkorligida joriy yilning fevral–mart oylarida hududda “Profilaktik tibbiy ko‘rik” tadbirlarini keng qamrovda tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Mazkur chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad  Markaz tasarrufidagi muassasalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda tergovda saqlanayotgan mahbuslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning sog‘lig‘ini muntazam tibbiy nazoratga olish, kasalliklarni ilk bosqichidayoq tashxislash va samarali davolash choralarini ko‘rishdir.

–Bugungi kunda inson qadrini ulug‘lash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan, –deydi A Huseynova. –Hamkorlikda tashkil etayotgan profilaktik tibbiy ko‘riklar faqat tibbiy tadbir emas. Balki inson huquqlarini himoya qilish, har bir fuqaroning sog‘lom yashash huquqini ta’minlashga qaratilgan amaliy mexanizmdir. Ayniqsa, jazo muassasalaridagi shaxslar salomatligiga e’tibor qaratish  jamiyatning insonparvarlik darajasini ko‘rsatadigan muhim mezondir. Bu ishlar orqali biz sog‘lom jamiyat, sog‘lom tafakkur va sog‘lom kelajak poydevorini mustahkamlamoqdamiz.

Shuningdek, profilaktik tibbiy ko‘riklar orqali mahkum va mahbuslar o‘rtasida yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish, ularning umumiy sog‘lomlashuv darajasini oshirish, sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirish hamda inson qadrini ulug‘lash tamoyilini hayotga keng joriy etish ko‘zda tutilgan.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri